Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Saudiya Arabistoni Rojdestvoni nishonlashga ruxsat berdi

Dunyo
68
Saudiya Arabistoni Rojdestvoni nishonlashga ruxsat berdi
Saudiya Arabistoni musulmon bo‘lmagan diniy bayramlarni, jumladan Rojdestvoni nishonlashga rasmiy ruxsat berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror mamlakat valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud tomonidan tasdiqlandi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu qaror qirollikning diniy siyosatida yangicha yondashuv hamda Islom talqinini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Valiahd shahzoda mazkur siyosat boshqa din vakillarining e’tiqod erkinligini hurmat qilish tamoyiliga asoslanganini alohida ta’kidladi. Mazkur islohot natijasida Saudiya Arabistonida yashayotgan 13 milliondan ortiq musulmon bo‘lmagan aholi, asosan nasroniylar, o‘z diniy bayramlarini ochiq va erkin tarzda nishonlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2022 yilda Rojdestvo archalari va bayram bezaklariga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

2023–2024 yillarda esa Ar-Riyod va Jidda kabi yirik shaharlarda Rojdestvo yarmarkalari, tematik konsertlar va mehmonxonalarda bayram dasturlari tashkil etila boshlandi. Rasmiylar bu islohotlarni mamlakatning ochiqlik siyosati, madaniy xilma-xillikka hurmat va turizmni rivojlantirish strategiyasining muhim qismi sifatida baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026