Bugun
Olti o'zbek bokschisi Jahon chempionati nimchorak bosqichida ringga ko'tariladi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Tailand va Kambodja sulh bitimiga erishdi

Dunyo
30
Tailand va Kambodja sulh bitimiga erishdi
Tailand va Kambodja chegaradagi qurolli to‘qnashuvlarni ikkinchi sulh bitimi orqali to‘xtatishga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bugun kuchga kirgan sulh bitimi kuchga kirganidan so‘ng ikki soat o‘tgach ham amalda saqlanmoqda. Hozircha yangi otishmalar yoki boshqa qurolli to‘qnashuvlar haqida xabar kelib tushmagan.

Mazkur bitim Tailand va Kambodja mudofaa vazirlari tomonidan imzolandi. 20 kun davom etgan janglar davomida kamida 101 kishi halok bo‘lgan, yarim milliondan ortiq odam esa evakuatsiya qilingan edi.

To‘qnashuvlar asosan uchuvchisiz samolyotlar, raketalar va artilleriya vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Sulh bitimiga ko‘ra, ASEAN kuzatuvchi guruhi uning bajarilishini nazorat qiladi.

Shuningdek, harbiy va siyosiy darajada vazirlar hamda qo‘shin qo‘mondonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Kelishuvda har ikki tomon aholi va tinch fuqarolarga qarshi kuch ishlatmaslik majburiyatini olgan.

Biroq sulh chegara chiziqlarini belgilash bo‘yicha olib boriladigan ishlar jarayoniga ta’sir qilmaydi. Tailand iyul oyida hibsga olingan 18 kambodjalik askarni sulh 72 soat davomida saqlangan taqdirda ozod qilishni va’da qilgan.

Kelgusida ikki mamlakat tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mavjud mexanizmlardan foydalanishni davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov shaxsiy qabuliga kira olmayotgan fuqaroning shikoyatiga ochiq va keskin javob berdi. Davlat rahbari mamlakat aholisi
DunyoBugun, 16:28
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24