Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Toshkentda avtoturargohlar joylashuvi yangi tartiblanadi

Dunyo
51
Toshkentda avtoturargohlar joylashuvi yangi tartiblanadi
Toshkent shahrining dizayn-kodi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz portalida e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hujjatda poytaxt hududida avtoturargohlarni tashkil etishga oid yangi yondashuvlar taklif etilgan. Ushbu loyiha transport harakati va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Loyihaga muvofiq, avtomobil to‘xtash joylari qatnov zichligi nisbatan past bo‘lgan ko‘chalarda, transport almashuv tugunlarida va shahar chekka hududlarida tashkil etilishi mumkin. Bunda avtoturargohlar va piyodalar hududi aniq chegaralar bilan ajratilishi shart qilib belgilangan.

Aksincha, avtomobil harakati yuqori bo‘lgan ko‘chalarda, piyodalar ko‘chalari va shahar maydonlarida avtoturargohlar tashkil etilishi cheklanadi. Mahallalarda esa kichik hajmdagi “parkovka cho‘ntaklari”ni tashkil etishga ruxsat beriladi.

Sovet davrida qurilgan yoki hozirgi zamonaviy uylar joylashgan hududlarda tarqoq to‘xtash joylari o‘rniga markazlashtirilgan avtoturargohlar qurish tavsiya etilmoqda. Bozorlar, madaniyat va dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar ulardan foydalanadigan odamlar sonidan kelib chiqib loyihalashtiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida joylar ajratilishi va piyodalarga qulay sharoitlar yaratilishi ham ko‘zda tutilgan. Rekreatsion hududlarda avtoturargohlarni asosiy maydonlardan tashqariga ko‘chirish taklif qilingan.

Shuningdek, haydovchilarning avtomobillarini qoldirib, jamoat transportiga o‘tishini ta’minlaydigan “perexvat” turargohlari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar shahar transport tizimini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026