Bugun
Olti o'zbek bokschisi Jahon chempionati nimchorak bosqichida ringga ko'tariladi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Kambodja va Tailand o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Dunyo
25
Kambodja va Tailand o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Kambodja va Tailand o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tailand Mudofaa vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, sulh Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da kuchga kirgan. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Kelishuv kuchga kirganidan so‘ng, Tailand tomoni Kambodja bilan chegarada otishmalar kuzatilmagani haqida ma’lum qilgan. Xuddi shunday, Kambodja ham sulh buzilgani yuzasidan bayonot bermagan.

Kelishuvning bajarilishini ASEAN tashkiloti kuzatib boradi. Tomonlarning qo‘shma bayonotida harbiylar o‘z joylashuvlarini saqlab qolishi va qo‘shimcha harbiy kuchlarni harakatlantirmaslik bo‘yicha kelishib olingan.

Bundan tashqari, tinch aholiga nisbatan hech qanday kuch ishlatilmasligi borasida ham kelishuv mavjud. Shuningdek, Tailand tomoni sulh 72 soat davomida buzilmas ekan, 18 nafar kambodjalik askarni qaytarib berishini bildirgan.

Chegara mojarosi davomida ikki tomonning ma’lumotlariga ko‘ra, jami 101 kishi halok bo‘lgan, 500 mingdan ortiq aholi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Harbiylar o‘zaro to‘qnashuvlarda raketa va artilleriyadan foydalangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilgi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida Kambodja 95-o‘rinni, Tailand esa 25-o‘rinni egallagan.

O‘xshash yangiliklar

Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov shaxsiy qabuliga kira olmayotgan fuqaroning shikoyatiga ochiq va keskin javob berdi. Davlat rahbari mamlakat aholisi
DunyoBugun, 16:28
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24