ENRU

Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshi oshadi

Dunyo
59
Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshi oshadi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda ta’lim va tibbiyot sohalarida ishlovchi xodimlar uchun muhim yangilikni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab o‘qituvchilar va shifokorlarning ish haqi ikki barobarga oshiriladi. Ushbu qaror haqida prezident 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq qurultoyida ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi va shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni juda muhim. Ular millat kelajagini tarbiyalaydi va inson salomatligini himoya qiladi.

Shu bilan birga, bugungi kunda ushbu kasb egalariga nisbatan hurmatsizlik, qo‘pol munosabat va zo‘ravonlik holatlari uchrayotgani muhim muammo ekanini ta’kidladi. Japarov bunday holatlarni madaniyatsizlikning yuqori ko‘rinishi deb atab, ushbu kasblarning obro‘-e’tiborini tiklash zarurligini qayd etdi.

Hozirda Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi 26 ming somni tashkil etadi (taxminan 3,5 million so‘m). 2026-yil aprelidan boshlab bu miqdor 52 ming somga (7 million so‘m) yetadi.

Maosh miqdori o‘qituvchining tajribasi, malaka darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab belgilanadi. Masalan, shahar maktabida yangi ish boshlagan o‘qituvchining oyligi 36 800 somni tashkil etadi (taxminan 5 million so‘m), soliqlardan so‘ng esa 31 200 som (4,2 million so‘m) qo‘liga tegadi.

Shifokorlarning o‘rtacha maoshi hozirda 31 500 somni (taxminan 4,3 million so‘m) tashkil etadi. 2026-yil aprelidan boshlab bu summa 62 500 somga (8,6 million so‘m) yetadi.

Soliqlarni chegirgandan keyin shifokorlar o‘rtacha 50 ming som (6,9 million so‘m) daromad oladi. Chekka hududlarda 30 yillik tajribaga ega, yuqori malakali shifokorlar esa 91 700 som (12,6 million so‘m) oylik olishi mumkin.

Soliqlardan keyin bu raqam 75 700 somni (10,4 million so‘m) tashkil qiladi. Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab har bir lavozim uchun 5000 som (680 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha prezidentlik kompensatsiyasi joriy etilishi ham rejalashtirilgan.

Ushbu qaror ta’lim va tibbiyot sohasida ishlovchilarning ijtimoiy maqomini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya maxsus xizmatlari aholini niqoblangan portlovchi qurilmalardan ogohlantirdi
Rossiya maxsus xizmatlari aholini niqoblangan portlovchi qurilmalardan ogohlantirdi
Rossiya huquq-tartibot idoralari va Rosgvardiya matbuot xizmati aholi, ayniqsa yosh bolalar va o‘smirlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan yangi xavf turi haqida rasmiy ogohlantirish bilan
DunyoBugun, 03:08
Zelenskiy Ilon Maskni Ozodlik ordeni bilan taqdirladi
Zelenskiy Ilon Maskni Ozodlik ordeni bilan taqdirladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik taniqli tadbirkor, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskni mamlakatning yuksak davlat mukofotlaridan biri bo‘lgan Ozodlik ordeni bilan
DunyoBugun, 02:40
AQSH razvedka rahbari tashrifidan so'ng Rossiyada maxfiy farmonlar imzolandi
AQSH razvedka rahbari tashrifidan so'ng Rossiyada maxfiy farmonlar imzolandi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliffning Moskvaga amalga oshirgan kutilmagan va qisqa muddatli tashrifi ortidan Rossiya rahbariyati tomonidan bir qator
DunyoBugun, 02:20
Rossiya Ukrainaning hujum rejasini o'z vaqtida to'xtatib qoldi
Rossiya Ukrainaning hujum rejasini o'z vaqtida to'xtatib qoldi
Rossiya Federatsiyasi prezidentining maslahatchisi Anton Kobyakov mamlakat axborot agentliklaridan biriga bergan intervyusida 2022-yil fevral oyida boshlangan harbiy harakatlarning sabablariga
DunyoBugun, 01:47
Dengiz otlarida nasl qoldirish vazifasini erkak baliqlar bajaradi
Dengiz otlarida nasl qoldirish vazifasini erkak baliqlar bajaradi
Tabiat olami o‘zining g‘aroyib hodisalari bilan insoniyatni doimo hayratga solib keladi. Dengiz otlari dunyodagi barcha jonzotlar orasida nasl qoldirish jarayoni
DunyoBugun, 01:12
Nepal va Tibet chegarasidagi toshqinlarda yuzlab sayyohlar bedarak ketdi
Nepal va Tibet chegarasidagi toshqinlarda yuzlab sayyohlar bedarak ketdi
Nepal va Tibet chegarasida joylashgan Rasuva hududida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida keng ko‘lamli vayronagarchiliklar sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat bir necha
DunyoBugun, 00:55