Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar to‘liq elektronlashadi

Dunyo
116
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar to‘liq elektronlashadi
Rossiyada 2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolar uchun rus tili, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligi bo‘yicha bilimni tekshirish tartibi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangilik patent yoki yashash guvohnomasini olishni rejalashtirgan barcha shaxslar uchun amal qiladi. Mamlakat Ta’lim va fan vazirligi imtihonlarni kompyuter orqali o‘tkazishga rasman o‘tishini tasdiqladi.

Bu haqda podrobno.uz xabar berdi. Mazkur islohotning asosiy maqsadi baholash jarayonidagi inson omilini kamaytirish, shaffoflikni oshirish va korrupsiya xavfini bartaraf etishdir.

Endilikda qog‘oz blankalar va videoyozuvsiz yuzma-yuz suhbatlar amaliyoti bekor qilinadi. Test sinovlari masofaviy texnologiyalar yordamida o‘tkaziladi.

Bu esa nazorat organlariga imtihon jarayonini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, topshiriqlar bo‘yicha maxfiylik kuchaytiriladi.

Ilgari e’lon qilingan javoblarni ochiq tarqatish amaliyoti bekor qilinadi. Imtihon savollari bazasi har oy yangilanib boradi, bu esa eski shpargalkalar yoki sotib olingan javob kalitlarining ish bermasligiga olib keladi.

Reforma doirasida imtihon qabul qilish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati ham tartibga solinadi. Endi faqat davlat muassasalariga ushbu vakolat beriladi va ularning faoliyati Rosobrnadzor tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

Ushbu markazlashtirish orqali test topshirmasdan sertifikat olishni va’da qiluvchi vositachilar va noqonuniy sxemalarni yo‘q qilish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026