ENRU

Yaponiyada 57 ta avtomobil ishtirokida yirik avariya

Dunyo
31
Yaponiyada 57 ta avtomobil ishtirokida yirik avariya
Yaponiyada katta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa natijasida 57 ta avtomobil zanjirli to‘qnashuvga duch keldi. Avtohalokat oqibatida bir nechta mashina yonib ketdi va qutqaruv ishlari bir necha soat davom etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Gunma prefekturasidagi Kanetsu tezyurar yo‘lida juma kuni soat 19:30 atrofida yuz bergan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ikki yuk mashinasining to‘qnashuvi zanjirli avariyaga sabab bo‘lgan.

Bu hodisa oqibatida yo‘lning turli qismlarida 57 ta transport vositasi to‘xtab qolgan. Kuchli to‘qnashuvlar natijasida 10 dan ortiq avtomobil yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilarga 7,5 soat vaqt kerak bo‘lgan. Qutqaruvchilar yuqori harorat va portlash xavfi sharoitida ish olib borishgan.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Ular yonib ketgan avtomobillardan topilgan.

Halok bo‘lganlardan biri 77 yoshli ayol ekani tasdiqlangan. Shuningdek, 26 nafar inson jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovchilar fojeaning asosiy sababi sifatida noqulay ob-havo sharoitini ko‘rsatmoqda. Qor yog‘ishi va yo‘lning sirpanchiq bo‘lishi haydovchilar uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan.

Ayni paytda Kanetsu tezyurar yo‘li Yuzava va Sukiyono chorrahalari orasida har ikki yo‘nalishda ham yopiq qolmoqda. Evakuatorlar shikastlangan transportlarni olib chiqishni boshlagan, ammo yo‘lni to‘liq xavfsiz holatga keltirish uchun yana vaqt talab etilishi ma’lum qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59