ENRU

Yelisey saroyida qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlandi

Dunyo
18
Yelisey saroyida qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlandi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy qarorgohi bo‘lmish Yelisey saroyida kutilmagan o‘g‘rilik holati aniqlangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Saroy xodimlaridan biri qimmatbaho kumush va chinni idishlarni yashirin tarzda olib chiqib, internet orqali sotganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu buyumlarning umumiy qiymati taxminan 40 ming yevroga baholangan.

Mazkur ish bo‘yicha yana ikki gumondor ham qo‘lga olingan. Bu haqda Parij prokuraturasi ma’lumotiga asoslanib, The Guardian xabar berdi.

Tergov davomida aniqlanishicha, milliy meros hisoblangan Sevra korxonasiga tegishli nodir chinni buyumlar uzoq vaqt davomida qarorgoh xodimi tomonidan yashirincha olib chiqilgan. Keyin bu buyumlar onlayn savdo platformalarida sotuvga qo‘yilgan.

Holat Sevra korxonasining mutaxassislari tomonidan fosh etilgan. Ular internetda saroyga tegishli noyob idishlarni ko‘rib qolishgan va bu haqda xabar bergan.

Tergov jarayonida gumondorlardan taxminan 100 ta buyum musodara qilinib, Yelisey saroyiga qaytarilgan. Musodara qilingan buyumlar orasida Baccarat kristallari va Lalique ustaxonasida yaratilgan asarlar ham bor.

Ayblanuvchilar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan yuzlashishi mumkin. Sud majlisi 2026 yil 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Bu kabi o‘g‘rilik holatlari Fransiyada boshqa madaniy obyektlarda ham kuzatilgan. Yaqinda Luvr muzeyidan Napoleon va Jozefinaga tegishli bo‘lgan qimmatbaho zargarlik buyumlari o‘g‘irlangan edi.

Ushbu o‘g‘irlik natijasidagi zarar 88 million yevroga baholangan. Mazkur voqea ortidan gumondorlarning ayrimlari aeroportda qo‘lga olingan.

O‘xshash yangiliklar

AQSH Saudiya Arabistoniga besh milliard dollarlik qurol sotadi
AQSH Saudiya Arabistoniga besh milliard dollarlik qurol sotadi
AQSH Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarni tashkil etuvchi yirik harbiy texnika va qurol-yarog‘ paketini sotish bo‘yicha kelishuvni rasman ma’qulladi. Bu
DunyoKecha, 23:39
O'zbekistonliklar Tailand vizasi uchun Moskvadagi elchixonaga borishi shart etildi
O'zbekistonliklar Tailand vizasi uchun Moskvadagi elchixonaga borishi shart etildi
O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga sayohat qilish tartibi sezilarli darajada murakkablashdi. Endilikda ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimiz
DunyoKecha, 03:52
Rossiya Trampning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasini tanqid qildi
Rossiya Trampning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Ukrainadagi qurolli nizoni bartaraf etish maqsadida ilgari surilgan tinchlik rejasi jahon hamjamiyati uchun tushunarsiz bo‘lib qolmoqda va uni amalda qo‘llash
DunyoKecha, 03:13
Eronning harbiy harakatlari AQSH floti uchun logistik inqiroz keltirib chiqardi
Eronning harbiy harakatlari AQSH floti uchun logistik inqiroz keltirib chiqardi
Eronning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy harakatlari AQSH Harbiy-dengiz kuchlari moddiy-texnik ta’minotida misli ko‘rilmagan inqirozni yuzaga keltirdi. Nufuzli The New
DunyoKecha, 02:41
Luish Nani Qozog'istonda ko'p bolali oilaga uy sovg'a qildi
Luish Nani Qozog'istonda ko'p bolali oilaga uy sovg'a qildi
Dunyoga mashhur futbol yulduzi, "Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasining sobiq a’zosi Luish Nani navbatdagi olijanob ishga qo‘l urdi. Hozirda
DunyoKecha, 02:13
Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi
Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mintaqasining me’moriy qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuboradigan ulkan shaharsozlik loyihasiga start berildi.
DunyoKecha, 01:46