Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Olmaota tog‘larida bedarak yo‘qolgan sayyohlar topildi

Dunyo
26
Olmaota tog‘larida bedarak yo‘qolgan sayyohlar topildi
Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinidagi tog‘li hududda bedarak yo‘qolgan uch nafar sayyohning jasadlari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 26-dekabrga o‘tar kechasi 112 xizmatiga bir ayol tomonidan murojaat qilingan.

Ayol o‘z akasi va ikki do‘sti 24-dekabr kuni ertalab tog‘larga yo‘l olgani, ammo shu vaqtgacha qaytmaganini bildirgan. Ularning mobil telefonlari 12 soatdan ortiq vaqt davomida o‘chirilgan holatda bo‘lgan.

Xabar kelib tushganidan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari darhol boshlangan. Amaliyotda qutqaruvchilar, politsiya, Falokatlar tibbiyoti markazi mutaxassislari, kinologik guruhlar va ko‘ngillilar ishtirok etgan.

Shuningdek, dronlar va vertolyot yordamida hudud havodan kuzatilgan. Qidiruv natijasida “Lokomotiv” cho‘qqisi yaqinida, dengiz sathidan 3700 metr balandlikda jasadlar aniqlangan.

Marhumlar vertolyot yordamida pastga tushirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. Hozirda sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Mazkur hodisadan so‘ng Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni tog‘li hududlarga chiqishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Mutaxassislar ob-havo sharoitlarini oldindan tekshirish, qor ko‘chkisi xavfini hisobga olish, yolg‘iz sayohat qilmaslik va yaqinlarga o‘z harakat rejasini oldindan xabar qilishni tavsiya etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29