ENRU

Putin davrida rossiyalik boylar siyosiy ta’sirini yo‘qotdi

Dunyo
24
Putin davrida rossiyalik boylar siyosiy ta’sirini yo‘qotdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning boshqaruvi ostida mamlakatdagi eng boy tadbirkorlar, ya’ni milliarderlari, siyosiy ta’sirini deyarli yo‘qotdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyadagi milliarderlari soni rekord darajaga yetdi. Ularning aksariyati esa Putinning siyosatiga itoat qilishni afzal ko‘rdi.

2022-yil 24-fevral kuni, Ukraina hududiga keng ko‘lamli harbiy hujum boshlangan paytda, Putin eng boy tadbirkorlarni Kremlda to‘plab, ularga yangi sharoitlarda birgalikda ishlash zarurligini ta’kidladi. Ushbu yig‘ilishdan so‘ng ko‘plab tadbirkorlar sukut saqlashga majbur bo‘ldi.

Ayrimlari esa boyliklarining bir qismini yo‘qotdi yoki mamlakatni tark etdi. Urush va G‘arb sanksiyalari davrida Kremlga sodiq qolgan tadbirkorlar yangi imkoniyatlardan foyda ko‘rdi.

2023 va 2024-yillarda urushga ajratilgan mablag‘lar Rossiya iqtisodiyotining ayrim sohalarida o‘sishga sabab bo‘ldi. Bu esa harbiy buyurtmalarni olgan tadbirkorlarga hamda boshqa milliarderlarga daromad olib keldi.

Natijada, Kremlga sodiq tadbirkorlar boyliklarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Putin itoatsizlik qilgan tadbirkorlarga nisbatan qattiq chora ko‘rishni davom ettirdi.

Masalan, Mixail Xodorkovskiy kabi demokratik tashabbuslar bilan shug‘ullangan shaxslar qamoqqa olinib, mol-mulklaridan mahrum qilindi. Hozirgi sharoitda esa deyarli barcha yirik boylar urushga qarshi fikr bildirmasdan, sukut saqlashga majbur bo‘lishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43