ENRU

Shimoliy Yevropada kuchli bo‘ron: qurbonlar bor

Dunyo
24
Shimoliy Yevropada kuchli bo‘ron: qurbonlar bor
Shimoliy Yevropa davlatlarida kuchli qishki bo‘ron kuzatilib, aholi hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shvetsiyada “Yohannes” deb nomlangan bu bo‘ron ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Rasmiylarning xabariga ko‘ra, bir kishi daraxt qulab tushishi oqibatida, yana biri esa xizmat vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa sababli halok bo‘lgan.

Bo‘ron sababli Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiyada minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Transport qatnovlarida ham jiddiy uzilishlar kuzatildi: ko‘plab poyezdlar, samolyotlar va paromlar harakati bekor qilindi.

Yo‘llarda harakat qiyinlashib, favqulodda xizmatlar kuchaytirilgan rejimda ish olib bordi. Finlyandiyada kuchli shamol tufayli aeroportda ayrim samolyotlar uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, jabrlanganlar qayd etilmadi.

Rasmiylar aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, ob-havo yaxshilanmaguncha uzoq safarlardan tiyilishni tavsiya qildi. Bo‘ron oqibatlarini bartaraf etish ishlari hozirda davom etmoqda.

Shimoliy hududlarda kuchli shamol va sovuq tufayli ogohlantirishlar e’lon qilinib, aholidan xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘ralmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44