ENRU

Tramp va Zelenskiy muzokaralari muhim natijasiz yakunlandi

Dunyo
17
Tramp va Zelenskiy muzokaralari muhim natijasiz yakunlandi
Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Palm-Bich shahrida 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikki yarim soatdan ortiq davom etdi. Bu yil boshidan buyon ikki yetakchining to‘rtinchi marta uchrashuvi edi.

Muzokaralar katta umidlar bilan boshlangan bo‘lsa-da, muhim natijalar bilan yakunlanmadi. Uchrashuv yakunida tinchlik kelishuvi qachon imzolanishi mumkinligi haqidagi savolga Donald Tramp aniq javob bermadi.

U jarayon turli ssenariylarga bog‘liq ekanini, eng yaxshi holatda kelishuv bir necha hafta ichida imzolanishi mumkinligini, ammo jarayon cho‘zilishi yoki natijasiz qolishi ehtimolini ham istisno eta olmasligini aytdi. Donald Tramp Ukrainadagi urushni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik va qonli harbiy to‘qnashuv sifatida baholadi.

Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat tezkor va muvozanatli qarorlar qabul qilishi lozim. Volodimir Zelenskiy esa muzokaralarga nisbatan optimistik kayfiyatda bo‘lib, 20 banddan iborat tinchlik rejasining 90 foizi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Shuningdek, AQSH va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari to‘liq muvofiqlashtirilganini ham ma’lum qildi. Donald Trampning fikricha, Ukraina xavfsizligini ta’minlashda Yevropa davlatlari asosiy rol o‘ynashi kerak.

Shu bilan birga, AQSH ham bu masalada yordam berishda davom etishini bildirdi. Zelenskiy esa bahsli masalalarni hal etish uchun ikki davlat ekspertlari va ishchi guruhlari yaqin haftalarda yana uchrashishini aytdi.

Yevropa yetakchilari va Ukraina delegatsiyasi yanvar oyida Vashingtonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Donbass hududlarining maqomi masalasi bo‘yicha tomonlar hali to‘liq kelishuvga erishmagan.

Trampning aytishicha, Ukraina va Rossiya bu borada ma’lum darajada yaqinlashgan, ammo masala murakkabligicha qolmoqda. Zelenskiy esa Tramp taklif qilgan tinchlik rejasining ayrim bandlari bo‘yicha referendum o‘tkazish ehtimolini inkor etmadi.

Zaporijjya atom elektr stansiyasi mavzusi ham muzokaralar markazida bo‘ldi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu mavzuda telefon orqali muloqot qilgan.

Putin stansiyani Ukraina bilan kelishilgan holda ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgan. Tramp Rossiya tomonining bu borada raketalar bilan hujum qilmayotganini ta’kidladi.

Zelenskiy esa bu masala yuzasidan izoh bermadi. Muzokaralardan oldin AQSH va Ukraina prezidentlari Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan.

Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvdan avval Putin bilan ham telefon orqali suhbatlashgan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, bu qo‘ng‘iroq Tramp tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan va unda tinchlik muzokaralarini davom ettirish muhokama qilingan.

Umuman olganda, Mar-a-Lagodagi uchrashuv tinchlikka erishish yo‘lini aniqlashtirishga xizmat qilgani bilan hal qiluvchi natijalar keltirmadi. Muzokaralar davom etadi va tomonlar ehtiyotkor pozitsiyada qolmoqda.

Oldinda esa murosali va murakkab jarayonlar kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32