Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Rossiya: Putin qarorgohiga hujum da’vosi rad etildi

Dunyo
28
Rossiya: Putin qarorgohiga hujum da’vosi rad etildi
29-dekabrga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novgorod viloyatidagi qarorgohiga dronlar yordamida hujum uyushtirishga urindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, hujumda 91 ta uchuvchisiz apparat ishtirok etgan va barchasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Lavrovning ta’kidlashicha, Kiyevning bunday harakatlari «mantiqsizlik» bo‘lib, ular javobsiz qoldirilmaydi. Unga ko‘ra, javob zarbalari uchun nishonlar va vaqt avvaldan belgilangan.

Shu bilan birga, Lavrov Rossiya Ukrainaga doir masalalarda AQSH bilan muzokaralardan chiqmoqchi emasligini bildirdi. Ammo so‘nggi voqealar Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Lavrov, shuningdek, Kiyevni «davlat terrorizmi siyosatiga o‘tgan rejim» sifatida baholadi va hujumning Rossiya hamda AQSH o‘rtasida faol muloqot olib borilayotgan vaqtda amalga oshirilganiga alohida e’tibor qaratdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Rossiya tomonidan bildirilgan «Putin qarorgohiga hujum» haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi.

U Lavrovning bayonotini yolg‘on deb atab, Moskva yangi hujumlar uchun bahona izlayotganini ta’kidladi. Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya ushbu da’volar orqali Kiyevdagi davlat tashkilotlariga ehtimoliy hujumlarni oqlashga urinmoqda.

U sentyabr oyida Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosi raketa zarbasiga uchraganini eslatib, bunday holat yana takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Mazkur voqealar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy hamda axborot qarama-qarshiliklarining kuchayganini ko‘rsatmoqda.

Kelgusi kunlarda ushbu mojaro harbiy va diplomatik maydonda yangi keskinliklarga sabab bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026