Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Balendra Shah Nepal bosh vazirligiga nomzod bo‘ldi

Dunyo
33
Balendra Shah Nepal bosh vazirligiga nomzod bo‘ldi
Sobiq rep ijrochisi Balendra Shah 2026 yil 5 aprel kuni o‘tkaziladigan parlament saylovlarida Nepal bosh vaziri lavozimi uchun o‘z nomzodini qo‘yadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan. Balendra Shah yaqinda Milliy mustaqil partiya (RSP) safiga qo‘shildi.

Ushbu partiyaga ilgari teleboshlovchi sifatida tanilgan Rabi Lamichxane rahbarlik qiladi. Agar saylovda RSP g‘alaba qozonsa, partiya hukumat boshqaruvini aynan Balendra Shahga topshirishi kutilmoqda.

Siyosiy tahlilchi Bipin Adxikari fikriga ko‘ra, Balendra Shah va uning yosh tarafdorlarini o‘z safiga qo‘shish partiya uchun muvaffaqiyatli va strategik qaror bo‘lgan. Uzoq yillardan beri siyosiy maydonda yetakchilik qilib kelayotgan eski partiyalar esa yoshlardan ayrilib qolish xavotirida.

Yoshlar yangi siyosiy kuchni qo‘llab-quvvatlashlari mumkinligi bu xavotirni kuchaytirgan. Nepal siyosati so‘nggi 30 yil davomida asosan Nepal Kommunistik partiyasi va markazchi “Nepal kongressi” tomonidan boshqarilgan.

Nepal Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 30 million aholining 11 millioni parlament saylovlarida ovoz berish huquqiga ega. Balendra Shahning siyosiy maydonga chiqishi 2025 yilda boshlangan ommaviy noroziliklar paytida yanada yaqqol sezilgan.

Ushbu norozilik namoyishlari yoshlar orasida katta qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurash va ijtimoiy tarmoqlardagi cheklovlarni bekor qilishni talab qilgan. Natijada hukumat boshlig‘i Xadga Prasad Sharma Oli iste’foga chiqqan.

Balendra Shah 1990 yil 27 aprelda Nepalda tug‘ilgan. U ijodiy faoliyatini rep ijrochisi sifatida boshlagan va "Balen" taxallusi bilan tanilgan.

Keyinchalik u qurilish muhandisligi bo‘yicha ta’lim olib, jamoatchilik faoliyatiga kirishgan. 2022 yilda esa mustaqil nomzod sifatida saylovda g‘olib chiqib, Katmandu shahri meri lavozimini egallagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026