Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Tramp va Netanyaxu Eron va Hamasni muhokama qildi

Dunyo
22
Tramp va Netanyaxu Eron va Hamasni muhokama qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan AQShning Palm-Bich shahrida uchrashuv o‘tkazib, Eron va Falastinning Hamas guruhi bo‘yicha muhim bayonotlar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Eron tomonidan yadroviy yoki raketa dasturlari qayta tiklanadigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar harbiy harakatlarni davom ettirishi mumkinligini ma’lum qildi. Trampning ta’kidlashicha, AQSh razvedkasi Eron yangi hududlarda harbiy obyektlar qurayotgan bo‘lishi mumkinligini kuzatmoqda.

Shu bilan birga, u Eron bilan diplomatik muzokaralar uchun imkoniyat hali ham mavjudligini, ammo xavfsizlik masalalarida qat’iyatli choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Uchrashuv davomida G‘azo sektoridagi sulh kelishuvi ham muhokama qilindi.

Tramp Hamasni qurolsizlanishga chaqirib, agar bu talab bajarilmasa, og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini aytdi. Isroil tomoni esa Hamas qurolsizlanmasa, harbiy harakatlarni qayta boshlash ehtimoli mavjudligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar G‘azoda tinchlikni ta’minlash, xalqaro xavfsizlik kuchlarini joylashtirish va mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Tramp AQShning Isroil xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi va Yaqin Sharqda barqarorlikni ta’minlash asosiy maqsad ekanini qayd etdi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026