Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

AQSh DV vizalarini vaqtinchalik rasmiylashtirmaydi

Dunyo
25
AQSh DV vizalarini vaqtinchalik rasmiylashtirmaydi
AQSh Davlat departamenti mamlakatga kirish uchun ruxsat beruvchi Diversity Visa (DV) vizalarini vaqtinchalik rasmiylashtirmasligini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shu bilan birga, arizachilar hujjat topshirishni davom ettirishi, suhbatlarda qatnashishi va yangi intervyu sanalari belgilanishi davom etadi. Bu haqida Davlat departamenti rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvaldan belgilangan suhbatlar o‘z vaqtida o‘tkaziladi. Biroq hozircha suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga ham AQShga kirish vizalari berilmaydi.

Davlat departamenti arizachilarni ushbu dastur bo‘yicha keyingi o‘zgarishlar haqida muntazam xabardor qilib borishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Green Card lotereyasi g‘oliblari uchun mo‘ljallangan DV-1 dasturini to‘xtatishni taklif qilgan edi.

Ushbu dastur har yili qariyb 50 ming kishiga AQShda yashash va ishlash imkonini yaratib kelgan. Noem o‘z bayonotida dastur xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlagan.

Unga ko‘ra, Braun universiteti bilan bog‘liq bo‘lgan portugaliyalik shaxs sakkiz yil avval aynan DV dasturi orqali AQShga kirgan va jinoiy hodisada gumon qilinmoqda. Ushbu voqeada halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonlik fuqaro ham bo‘lgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, CBS telekanali AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham ushbu dasturga qarshi bo‘lib, uni mamlakat xavfsizligiga tahdid sifatida baholaganini eslatib o‘tdi. Biroq dastur tarafdorlari DV iqtisodiyotga foyda keltirishi va AQSh imijini yaxshilashi haqida fikr bildirishgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59