Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+22°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, janub
ENRU

HAMAS yetakchisi Abu Obeydaning o‘limi tasdiqlandi

Dunyo
21
HAMAS yetakchisi Abu Obeydaning o‘limi tasdiqlandi
HAMAS harakatining harbiy qanoti 29-dekabr kuni G‘azo sektoridagi yetakchi vakillaridan biri Abu Obeydaning halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumot guruh tomonidan Telegram kanalida e’lon qilindi. Avvalroq Isroil rasmiylari Abu Obeyda bir necha oy oldin berilgan havo zarbasi natijasida halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Bayonotda Abu Obeyda HAMASning muhim vakillaridan biri sifatida e’tirof etilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. U harakatning asosiy axborot vakili sifatida urush davomida muhim bayonotlar bergan va asirlar almashinuvi bo‘yicha ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazib kelgan.

Abu Obeyda 1985-yilda G‘azo sektorining Jabaliya hududida tavallud topgan. U yoshligidan HAMAS safiga qo‘shilib, keyinchalik harakatning harbiy qanotida faoliyat yuritgan.

Abu Obeyda doim yuzini yopgan holda omma oldida chiqish qilishi bilan tanilgan edi. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, Abu Obeyda 2024-yilning avgust oyida G‘azoga qilingan havo zarbasi vaqtida halok bo‘lgan.

Isroil 2023-yil oktabr oyidan beri HAMAS rahbariyatini yo‘q qilishni maqsad qilganini ta’kidlab kelmoqda. Tahlilchilar Abu Obeydaning o‘limi G‘azodagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026