ENRU

Chanel oddiy kalishlarni moda brendiga aylantirdi

Dunyo
30
Chanel oddiy kalishlarni moda brendiga aylantirdi
Chanel brendi o‘zbeklarga yaxshi tanish bo‘lgan kalishlarni o‘z kolleksiyasiga kiritgani haqida internetda tarqalgan xabarlar jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab, bu yangilik ko‘pchilikka hazildek tuyuldi. Ammo suratlarga diqqat bilan qaralsa, bolalikdan barchamizga tanish bo‘lgan o‘sha oddiy kalishlar ekanini ko‘rish mumkin.

Chanel bu poyabzalni “laklangan loferlar” deb nomlagan. Dizayni zamonaviy ko‘rinishda, moda talablariga muvofiq bezatilgan va premium maqomga ega.

Uning narxi esa oddiy kalishlardan ancha yuqori. Jahon brendi tomonidan taqdim etilgan ushbu mahsulot moda olamida o‘ziga xos o‘rin egalladi.

Eng qiziq tomoni shundaki, O‘zbekistonda bu turdagi kalishlarni juda arzon narxda topish mumkin. Biroq, Chanel uni butunlay boshqa yondashuv va maqom bilan taqdim etmoqda.

Bu holat shuni ko‘rsatadiki, ajdodlarimiz qulaylik va uslubni qadimdan anglagan. Moda esa ba’zan yangi narsalarni emas, balki allaqachon mavjud bo‘lgan qadriyatlarni qayta kashf etishdan iborat ekanini yana bir bor isbotlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44