ENRU

Saudiya va BAA o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda

Dunyo
75
Saudiya va BAA o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda
Yamandagi urush davomida Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat Yaman hukumatidagi ichki tarqoqlik va ikki davlatning turli siyosiy-harbiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlashidan kelib chiqmoqda. 30-dekabrga o‘tar kechasi Saudiya harbiy aviatsiyasi Yaman janubidagi Mukalla portiga zarba berdi.

Saudiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portda BAA tomonidan keltirilgan qurol-aslahalar va zirhli texnikalar nishonga olingan. Shundan so‘ng, Yaman Prezidentlik rahbariyati kengashi raisi Rashad al-Alimiy BAA bilan harbiy hamkorlikni bekor qilganini e’lon qildi.

U Amirliklar harbiylaridan mamlakatni tark etishni talab qildi hamda BAAni ichki urushni qo‘zg‘atayotganlikda aybladi. Saudiya Arabistoni ham bu talabni qo‘llab-quvvatladi.

Saudiya Arabistoni va BAA 2015-yildan beri xalqaro koalitsiyaga a’zo bo‘lib, Yaman hukumatini husiylarga qarshi qo‘llab keladi. 2022-yilda Prezidentlik rahbariyati kengashi tuzilib, Yaman shimolidagi hududlarni qayta nazorat qilish maqsad qilingan edi.

Ammo janubiy kuchlar mustaqillik talabini oshirishi ichki ziddiyatlarni kuchaytirdi. Saudiya Arabistoni dunyoviy millatchilarga tayanayotgan bo‘lsa, BAA Janubiy o‘tish kengashini qo‘llab kelmoqda.

Bu BAAning strategik dengiz yo‘llaridagi manfaatlari bilan bog‘liq. Jumladan, Adan va Mukalla portlari hamda Bob ul-Mandab bo‘g‘ozi janubiy kuchlar nazoratida.

Hadramaut viloyatida 2025-yil kuzida BAA qo‘llab-quvvatlaydigan “Al-Hirak” harakati bilan Saudiya tarafdori bo‘lgan qabilalar o‘rtasida mojaro keskinlashdi. Dekabr boshida “Al-Hirak” hujumga o‘tib, hukumat kuchlarini janubdan siqib chiqargani xabar qilindi.

Shu bilan birga, Prezidentlik rahbariyati kengashi Ar-Riyodga ko‘chib, BAA bilan ittifoq uzilganini e’lon qildi. Janubiy Yamanga havo va dengiz blokadasi joriy etildi.

Saudiya Arabistoni BAAni “birodar davlat” deb atasa-da, separatistlarni qo‘llab-quvvatlash xavfli ekanini ta’kidladi. BAA esa hozircha rasmiy izoh bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya janubidagi Karak viloyatida mahalliy cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda qurolli hujum sodir etildi. Noma’lum shaxslar yig‘ilgan olomonni o‘qqa
DunyoKecha, 17:06