ENRU

Tashiyev: “Davlat tilini o‘rganish majburiy!”

Dunyo
34
Tashiyev: “Davlat tilini o‘rganish majburiy!”
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Xitoyning China Road kompaniyasi vakillariga davlat tilini o‘rganish zarurligini qat’iy ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu masala Issiqko‘l viloyatida avtomobil yo‘llari qurilishiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishda muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida Tashiyev Barskoon — Qorako‘l avtomobil yo‘lining qurilishi bilan qaysi kompaniya shug‘ullanayotganini so‘radi.

China Road kompaniyasi vakili rus tilida javob berib, loyiha aynan ular tomonidan amalga oshirilayotganini bildirdi. Biroq, Tashiyev kompaniyaning ayrim xodimlari hali ham davlat tilini bilmasligini keskin tanqid qildi.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompaniya Qirg‘iziston hududida 20 yildan ortiq vaqt faoliyat yuritayotgan bo‘lsa-da, uning vakillari qirg‘iz tilini o‘rganishga e’tibor bermagan. U chet ellik mutaxassislar mahalliy tilga hurmat bilan yondashishi va uni o‘rganishi shartligini alohida uqtirdi.

“Qirg‘izistonda 20 yil ishlabsizlar, ammo hali ham davlat tilini o‘rganmagansizlar. Nega?

Davlat tilini bilish va qirg‘izcha gapirishni o‘rganish majburiy!”, — dedi u qat’iy ohangda. China Road kompaniyasi vakili Tashiyevning tanqidini jim qabul qilib, uning talablariga roziligini bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda 75 kilometrlik avtomobil yo‘li qurilishi muddatlari ham ko‘rib chiqildi. Kompaniya vakili loyiha amaldagi shartnomaga ko‘ra, 2028 yil 1 sentyabrgacha yakunlanishi kerakligini ta’kidladi.

Biroq, ish sur’atini oshirish orqali qurilishni 2027 yil oxirigacha tugatishga harakat qilishga va’da berdi. Mazkur voqea Qirg‘iziston rahbariyatining davlat tili masalasiga va infratuzilma loyihalarida intizom va mas’uliyatga bo‘lgan jiddiy munosabatini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24