Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Andijonda yangilangan Mashrab ko‘chasi foydalanishga topshirildi

Dunyo
42
Andijonda yangilangan Mashrab ko‘chasi foydalanishga topshirildi
Yangi yil bayrami arafasida Andijon shahrining Urikzor mahallasida joylashgan Mashrab ko‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, yangilangan holatda foydalanishga topshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ushbu ko‘cha sutkaning 24 soati davomida gastronomik, sayyohlik va savdo-xizmat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadi. Loyihani amalga oshirish uchun 12 milliard so‘m miqdorida investitsiya yo‘naltirildi.

Ko‘chaning har ikki tomonida savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish bilan shug‘ullanuvchi 50 ta obyekt ish boshladi. Bu esa 120 ta doimiy ish o‘rni yaratishga imkon berdi.

Kechki va tungi vaqtlarda ko‘cha zamonaviy infratuzilma, yorqin yoritish tizimi va piyodalar uchun qulay muhit tufayli shaharning eng gavjum joylaridan biriga aylanyapti. Shuningdek, Yangi yil bayramlari kunlari bu yerda andijonliklar va tashrif buyurgan mehmonlar uchun konsert dasturlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yangilangan Mashrab ko‘chasining ochilishi shaharni rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va sayyohlik salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlarning bir qismi hisoblanadi. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yangilash va iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026