ENRU

26 yoshli Pen Kongkong oilasini topdi va hayotini o‘zgartirdi

Dunyo
26
26 yoshli Pen Kongkong oilasini topdi va hayotini o‘zgartirdi
Xitoyning Szyansi provinsiyasida yashovchi 26 yoshli Pen Kongkong biologik ota-onasi bilan uchrashganidan bir yil o‘tib, 2025-yilni o‘zining "qayta tug‘ilish yili" deb atadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda China Morning Post xabar berdi. Penning taqdiri to‘rt yoshida fojiali burilish oldi.

U Pekin bozorida o‘g‘irlab ketilgan va begona oilada tarbiyalangan. Haqiqiy ota-onasi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan Pen 21 yil davomida o‘z oilasidan uzoqda yashadi.

Ammo ulg‘ayganida u oilasini topishga qat’iy qaror qildi. Shu maqsadda u o‘zining uyi va mashinasini sotib, qidiruv ishlarini boshladi.

2024-yil dekabr oyida politsiya DNK testi orqali uning haqiqiy oilasini aniqladi va Penni Pekinga olib borib, qarindoshlari bilan uchrashtirdi. U ushbu uchrashuvdan so‘ng, o‘zining avvalgi hayoti bilan bog‘liq barcha aloqalarni uzdi.

"Bu narsalar menga tegishli emas. Ularni ortda qoldirishni tanladim," - dedi Pen.

O‘z qishlog‘iga qaytganida uni katta tantana bilan kutib olishdi. Mahalliy aholi mushakbozlik qildi, qarindoshlari esa unga sovg‘alar va qizil konvertlar taqdim etdi.

Pen o‘z his-tuyg‘ularini shunday izohladi: "Haqiqiy uy degani shu – ota-onamning g‘amxo‘rligi, opa-singillarimning mehr-muhabbati va qarindoshlarimning duolari bilan o‘zimni haqiqatan ham daxldor his qilyapman." Hozirda Pen o‘zini boshqa yo‘qolgan insonlarga yordam berishga bag‘ishlagan. U Baby Come Home tashkiloti faoliyatida ishtirok etib, uydan uzoqlashganlarni oilalari bilan qayta birlashtirishga hissa qo‘shmoqda.

Shu bilan birga, u ota-onasi bilan yo‘qotilgan yillarning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda va ularni turli joylarga sayohatlarga olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport hududiga ballistik raketa yoki uchuvchisiz qurilma zarbasi berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:21
Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolari xavfsizlik choralari haqida ogohlantirildi
Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolari xavfsizlik choralari haqida ogohlantirildi
Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Saudiya Arabistoniga safar qilishni rejalashtirayotgan hamda ayni vaqtda ushbu mamlakat hududida bo‘lib
DunyoKecha, 23:32
Putin Ashxobodda MDH va Kaspiy sammitida qatnashadi
Putin Ashxobodda MDH va Kaspiy sammitida qatnashadi
Markaziy Osiyo mintaqasi navbatdagi yirik xalqaro siyosiy muloqot markaziga aylanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 8 oktyabr kuni ikki kunlik
DunyoKecha, 05:57
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan Yaqin Sharqdagi eng muhim neft arteriyasi bo‘lgan Fors ko‘rfazida harbiy keskinlik yangi xavfli bosqichga chiqdi. Bu haqda
DunyoKecha, 05:09
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
Turkiyada uzoq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida qo‘lga olindi va mamlakatimizga
DunyoKecha, 04:44
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyaning Papua tog‘li hududida joylashgan Jivika qishlog‘ida yashovchi dani xalqi o‘z ajdodlarining jasadini qariyb 350 yildan buyon mo‘miyolangan holda saqlab kelmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 04:27