ENRU

Janubiy Afrikada 10 ming kishi fuqaroliksiz yashamoqda

Dunyo
24
Janubiy Afrikada 10 ming kishi fuqaroliksiz yashamoqda
Janubiy Afrikada tug‘ilgan bo‘lsa-da, ayrim odamlarda tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qligi sababli ular rasmiy xizmatlardan foydalana olmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

25 yoshli Arnold Nkub shunday insonlardan biri. U janubiy afrikalik bo‘lish huquqiga ega bo‘lsa ham, hujjatsizligi sababli o‘qishni davom ettira olmagan va tirikchilik uchun avtomobillarni yuvish bilan shug‘ullanmoqda.

Fuqaroligi yo‘q bo‘lgan odamlar o‘zlarini go‘yo ko‘rinmas, mavjud bo‘lmagan shaxsdek his qilishadi. Ular bank hisob raqamini ocholmaydi, rasmiy ishga kira olmaydi va davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Janubiy Afrikada taxminan 10 ming kishi shu holatda yashamoqda, ammo aniq statistika yo‘q. Kristi Chitengu ham ilgari hujjatlarsiz yashagan.

U uch yil oldin advokatlar yordamida janubiy afrikalik fuqarolikka ega bo‘ldi. Uning fikricha, fuqarolik – bu mukofot emas, balki har bir insonning hurmat bilan yashash huquqidir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, butun dunyoda millionlab odamlar fuqaroliksiz yashashga majbur. Bu muammoni hal qilish uchun qochqinlar va ularning farzandlarini tug‘ilgan joyida ro‘yxatga olish hamda onalarga o‘z fuqaroligini farzandlariga o‘tkazish huquqini kafolatlash lozim.

O‘xshash yangiliklar

Meksikada taniqli blogerning qotilligida gumonlangan shaxslar qo'lga olindi
Meksikada taniqli blogerning qotilligida gumonlangan shaxslar qo'lga olindi
Meksika huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda Sezarin taxallusi bilan tanilgan 25 yoshli bloger Sesar Daniel Nolasko Gastelumning o‘ldirilishi yuzasidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli maxsus
DunyoBugun, 02:35
Janubiy Amerika botqoqliklarida yagona shoxli noyob qush turi aniqlandi
Janubiy Amerika botqoqliklarida yagona shoxli noyob qush turi aniqlandi
Janubiy Amerikaning tropik botqoqliklarida qushlar olamining eng g‘ayrioddiy vakillaridan biri — shoxdor baqiroq yashaydi. Ilmiy tilda Anhima cornuta deb ataluvchi
DunyoBugun, 02:08
Ispaniyada Bronza davriga oid noyob xazina muzeydan o'g'irlandi
Ispaniyada Bronza davriga oid noyob xazina muzeydan o'g'irlandi
Ispaniyaning Villena shahrida joylashgan arxeologiya muzeyida yirik o‘g‘rilik yuz berdi. Noma’lum shaxslar Bronza davriga oid dunyoga mashhur Villena xazinasining
DunyoBugun, 01:36
Dunyoda milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi
Dunyoda milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi
Dunyo bo‘ylab milliarderlar soni 2025-yilda misli ko‘rilmagan darajaga yetib, jami 3 795 nafarni tashkil etdi. Altrata kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan yangi
DunyoBugun, 01:07
Britaniya shifokorlari miya operatsiyasida ilk bor sun'iy intellektdan foydalandi
Britaniya shifokorlari miya operatsiyasida ilk bor sun'iy intellektdan foydalandi
Buyuk Britaniya shifokorlari dunyoda ilk bor miya o‘simtasini olib tashlash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyasidan bevosita foydalandilar. Ushbu noyob jarrohlik
DunyoBugun, 00:42
Sietl shahrida 1-sentabr O'zbekiston mustaqilligi kuni deb e'lon qilindi
Sietl shahrida 1-sentabr O'zbekiston mustaqilligi kuni deb e'lon qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtatida joylashgan yirik Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhim hujjat imzolandi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 00:26