ENRU

Xabarovskda vafot etgan o‘zbekistonlik ishi nazoratda

Dunyo
69
Xabarovskda vafot etgan o‘zbekistonlik ishi nazoratda
Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafot etishi bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiyadagi diplomatik vakolatxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur yordam ko‘rsatmoqda. Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish ishlari tashkil etilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida hozircha o‘lim sabablariga doir rasmiy ma’lumotlar mavjud emasligi aytilgan. Vakolatli idoralardan tasdiqlangan ma’lumotlar kelib tushgach, jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona mazkur holatni tekshirish uchun Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari va Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rovlar yuborgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda OMON xodimlari tomonidan ikki nafar o‘zbekistonlik kaltaklangani va ulardan biri komaga tushgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi ikkinchi fuqaro bilan bog‘liq ma’lumotning tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34