Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Turkiyalik ayol Trampni otalikda ayblab sudga berdi

Dunyo
33
Turkiyalik ayol Trampni otalikda ayblab sudga berdi
Turkiyaning Anqara shahrida yashovchi 55 yoshli Nejla Ozmen AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp uning biologik otasi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nejla Ozmen 2025 yil 25 sentyabr kuni Anqaradagi 27-oilaviy sudga otalikni aniqlash bo‘yicha ariza topshirgan.

Biroq sud 10 oktyabr kuni da’voni rad etgan. Sud qarorida Trampning biologik ota ekanini tasdiqlovchi yetarli va ishonchli dalillar taqdim etilmaganligi qayd etilgan.

Mazkur qarordan norozi bo‘lgan Nejla Ozmen ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘ragan. Bundan tashqari, u AQSH elchixonasi va Amerikaning sud organlariga ham murojaat qilganini bildirgan.

Nejla Ozmenning so‘zlariga ko‘ra, u 1970 yilda tug‘ilgan va rasmiy hujjatlarda Sati va Dursun Ozmenning qizi sifatida qayd etilgan. 2017 yilda esa onasi unga asl haqiqatni ochib bergan va uning otasi Donald Tramp ekanini aytgan.

Shundan so‘ng, Ozmen DNK ekspertizasi o‘tkazilishini talab qilmoqda. Nejla Ozmenning ta’kidlashicha, u Tramp bilan shaxsan uchrashishni istaydi va faqat otalik masalasiga oydinlik kiritishni xohlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29