ENRU

Saudiya Arabistonida qatl jazolari soni rekord darajada ortdi

Dunyo
21
Saudiya Arabistonida qatl jazolari soni rekord darajada ortdi
2025 yil Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi ijrosi bo‘yicha tarixiy rekord qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda yil davomida 356 nafar mahkumga nisbatan qatl jazosi amalga oshirilgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatkich bir yil ichida qatl etilganlar soni bo‘yicha yangi eng yuqori daraja sifatida qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, o‘lim jazolari sonining keskin oshishi mamlakatda narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurash siyosatining kuchayishi bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl etilganlarning 243 nafari aynan narkotik jinoyatlari sababli jazolangan. 2024 yil bilan solishtirilganda, o‘sha yili 338 nafar mahkum qatl etilgan edi.

Bu esa 2025 yilda qatl jazolari soni yana oshganini ko‘rsatadi. Inson huquqlari tashkilotlari bu holatdan chuqur xavotir bildirmoqda.

Ularning ta’kidlashicha, o‘lim jazosi amaliyoti xalqaro miqyosda keng muhokamalarni keltirib chiqarmoqda va inson huquqlari masalasida jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32