ENRU

Tabiiy resurslarga tayanadigan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyo
56
Tabiiy resurslarga tayanadigan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Neft, gaz, ko‘mir va boshqa turdagi foydali qazilmalar ko‘plab mamlakatlar uchun asosiy daromad manbai bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ammo bunday iqtisodiyotlar jahon bozoridagi xomashyo narxlarining o‘zgarishiga juda sezgir bo‘ladi. Bu holat davlat byudjeti tushumlari, ish o‘rinlari va valyuta kirimlari ko‘p jihatdan ushbu omillarga bog‘liq ekanini anglatadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy resurslarga eng ko‘p tayanadigan davlat sifatida Liviya qayd etiladi. Bu mamlakatda yalpi ichki mahsulotning 61 foizi aynan resurslar hisobidan shakllanadi.

Shuningdek, Iroq, Kongo Demokratik Respublikasi va Kongo kabi davlatlarda ham YAIMning 33 foizdan ortig‘i tabiiy resurslar ulushiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy resurslarning katta qismi Yaqin Sharq va Afrika mintaqalarida joylashgan.

Neft va gaz zaxiralari bilan mashhur bo‘lgan davlatlar qatoriga Eron, Angola, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistoni kiradi. Shuningdek, Zambiya, Mongoliya, Ekvatorial Gvineya va Chad kabi mamlakatlar ham foydali qazilmalar zaxirasi hamda neft eksporti bilan ajralib turadi.

Taqqoslash uchun, O‘zbekiston iqtisodiyotida eng katta ulush xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi. Savdo, transport, aloqa, turizm va boshqa yo‘nalishlar mamlakat YAIMining taxminan 45–50 foizini tashkil etadi.

Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotining ancha diversifikatsiyalashganligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44