Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Mexikodagi zilzilada 12 kishi jarohatlandi

Dunyo
28
Mexikodagi zilzilada 12 kishi jarohatlandi
Meksika poytaxti Mexiko shahrida yuz bergan zilzila natijasida 12 nafar fuqaro turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda shahar meri Klara Brugada rasmiy bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, zilzila sodir bo‘lgach, favqulodda holatlar bo‘yicha javob berish protokoli darhol ishga tushirilgan.

Ushbu jarayon davomida 12 kishi jarohatlangani qayd etilgan. Shuningdek, shahar hududida beshta elektr ustuni va to‘rtta daraxt qulab tushgani aniqlangan.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha esa jami 18 ta murojaat ro‘yxatga olingan. Shahar rahbari ma’lum qilishicha, hozirda zilzila oqibatlarini bartaraf etish va baholash ishlari davom etmoqda.

Xususan, turar-joy binolari, ma’muriy inshootlar hamda muhim infratuzilma obyektlari holati sinchkovlik bilan tekshirilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar zilzila oqibatlarini imkon qadar tezkorlik bilan bartaraf etishga harakat qilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026