Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+21°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, janubi-g‘arb
ENRU

Indorda iflos suv ichketish keltirib chiqardi, 10 kishi vafot etdi

Dunyo
58
Indorda iflos suv ichketish keltirib chiqardi, 10 kishi vafot etdi
Hindistonning Indor shahrida iflos ichimlik suvi tufayli ichketish kasalligi keng tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat oqibatida kamida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, mingdan ortiq fuqaro esa tibbiy yordamga murojaat qildi. E’tiborlisi, Indor shahri ilgari Hindistonning “eng toza shahri” sifatida tan olingan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik dekabr oyining oxirlarida Bagiratpura tumanida aniqlangan. Mahalliy aholi qayt qilish va ichketish alomatlari bilan shifoxonalarga murojaat qila boshlagan.

Shahar hokimiyati o‘limlar soni bo‘yicha aniq ma’lumotni hali e’lon qilmagan bo‘lsa-da, tekshiruvlar davom etmoqda. Tekshiruvlar natijasida ichimlik suvi quvurlarida yoriqlar borligi aniqlangan.

Bu yoriqlar tufayli suv ifloslangan va tarkibida zararli bakteriyalar paydo bo‘lgan. Shuningdek, quvurlar joylashgan hududda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda shahar shifoxonalarida yuzlab bemorlar davolanishni davom ettirmoqda, ayrim bemorlarning ahvoli og‘ir. Mutasaddilar aholiga faqat toza va xavfsiz suvdan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Shu bilan birga, hududni qo‘shimcha toza suv bilan ta’minlash va muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026