Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+19°
bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Maduro va rafiqasiga AQShda og‘ir ayblovlar qo‘yildi

Dunyo
34
Maduro va rafiqasiga AQShda og‘ir ayblovlar qo‘yildi
AQSh rasmiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan jiddiy ayblovlar qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSh bosh prokurori Pam Bondining so‘zlariga ko‘ra, ularga narkoterrorizm, kokain kontrabandasi, noqonuniy qurol saqlash hamda AQShga qarshi portlovchi qurilmalar va pulemyotlar ishlatishni ko‘zlagan fitnada ishtirok etish kabi jinoyatlarda ayblov e’lon qilingan. Ushbu ish Nyu-York shtatining Janubiy okrugi sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Prokuror Bondi ta’kidlashicha, Nikolas Maduro va uning rafiqasi yaqin kunlarda AQSh adliya tizimi oldida javob beradi. Shuningdek, u bu masalada qat’iy choralar ko‘rilganligi uchun prezident Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

AQSh qurolli kuchlari tomonidan Maduro va Floresni qo‘lga olish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyot o‘tkazilgani ham qayd etildi. Rasmiylar bu voqeani xalqaro miqyosdagi eng katta narkosavdo bilan bog‘liq qo‘lga olish holatlaridan biri sifatida baholashmoqda.

Shu bilan birga, 3-yanvar kuni AQSh Venesuela poytaxti Karakasdagi bir nechta harbiy obyektlarga, jumladan aviabaza va boshqa strategik nuqtalarga zarba berganini tasdiqladi. Prezident Donald Tramp ushbu “keng ko‘lamli operatsiya” natijasida Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi esa vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi va Maduro hokimiyatining legitim emasligi haqidagi avvalgi pozitsiyasini saqlab qolayotganini qayd etdi. Mazkur voqea xalqaro hamjamiyatda katta e’tibor qozonmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026