ENRU

AQSh maxsus kuchlari Nikolas Maduroni qo‘lga oldi

Dunyo
17
AQSh maxsus kuchlari Nikolas Maduroni qo‘lga oldi
AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Den Keyn prezident Donald Tramp bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu operatsiya 2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi amalga oshirilgani haqida xabar berildi. Den Keynning so‘zlariga ko‘ra, bu amaliyotga tayyorgarlik bir oy avval boshlangan.

Avval razvedka xizmatlari tomonidan Maduroning yashash joyi, odatlari va xavfsizlik choralari haqida ma’lumotlar to‘plangan. Sun’iy yo‘ldosh va dronlar orqali olingan ma’lumotlar Venesueladagi ichki manbalardan olingan ma’lumotlar bilan birlashtirilgan.

Olingan ma’lumotlar asosida Maduroning qarorgohi nusxasi qurilib, qo‘lga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Operatsiyaning boshlanishi ob-havo sharoitlari sabab biroz kechiktirilgan.

3 yanvarga o‘tar kechasi osmon bulut bilan qoplangach, Trampning shaxsiy buyrug‘i bilan amaliyot boshlandi. 20 ta harbiy baza va aviatashuvchilardan 150 dan ortiq harbiy samolyot, jumladan, F-35 qiruvchilari va B-1 bombardimonchilari havoga ko‘tarildi.

Shuningdek, maxsus kuchlar vertolyotlar orqali Karakas tomon yo‘l oldi. Vertolyotlar Karakasga yaqinlashganda Venesuela havo mudofaa tizimlari zararsizlantirildi.

Qo‘lga olish guruhi Maduroning qarorgohiga bostirib kirdi. Maxsus kuchlar Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni ularning yotoqxonasida uyquda bo‘lganida qo‘lga olishdi.

Operatsiya davomida otishma yuz berdi, ammo amerikalik harbiylar orasida yo‘qotishlar kuzatilmadi. Qo‘lga olinganlar vertolyot orqali AQSh harbiy kemasiga yetkazildi.

Tramp Maduro va Floresning Guantanamodagi bazadan Nyu-Yorkka olib kelinganini tasdiqladi. Ular ustidan sud jarayoni Nyu-Yorkda o‘tkaziladi.

AQSh bosh prokurori Pem Bondining ma’lumotiga ko‘ra, Nikolas Maduro narkoterrorizm, kokain kontrabandasi va qurol saqlashda ayblanmoqda. Tramp ushbu operatsiyani muvaffaqiyatli deb e’lon qilib, Venesuela iqtisodiy infratuzilmasini tiklash uchun AQShning sarmoya kiritishini ta’kidladi.

Shuningdek, u Venesuela xalqi farovon va mustaqil bo‘lishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini aytdi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59