ENRU

Maduro yo‘qligida vakolatlar Rodrigesga o‘tdi

Dunyo
21
Maduro yo‘qligida vakolatlar Rodrigesga o‘tdi
Venesuela Oliy sudi mamlakat prezidenti Nikolas Maduro davlat tashqarisida bo‘lgani sababli uning vakolatlarini vaqtincha vitse-prezident Delsi Rodrigesga topshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sudning ta’kidlashicha, bu qaror davlat boshqaruvida izchillikni ta’minlash, mamlakat xavfsizligini saqlash va institutlarning barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan. Bu haqda podrobno.uz xabar berdi.

Delsi Rodriges shu kuni Venesuela televideniyesi orqali xalqqa murojaat qilib, Nikolas Maduroning mamlakatning qonuniy prezidenti ekanini ta’kidladi. U AQSHning Venesuelaga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarini qoralab, amaldagi hukumat xalq va davlat suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Murojaat yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan, Milliy assambleya raisi Xorxe Rodriges, ichki ishlar vaziri Diosdado Kabello va mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes ishtirokida yozib olingan. Delsi Rodriges 1969 yil 18 mayda tug‘ilgan bo‘lib, Markaziy Venesuela universitetida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan.

U faoliyatini davlat va xalqaro tashkilotlarda tashqi siyosat yo‘nalishida boshlagan. 2014–2017 yillarda Venesuela tashqi ishlar vaziri sifatida ishlagan va bu davrda mamlakatning xalqaro pozitsiyasini himoya qilgan.

2017 yilda Konstitutsiyaviy assambleyaga rahbarlik qilib, muxolifat nazoratidagi parlamentning ayrim vakolatlarini o‘z zimmasiga olgan. 2018 yildan buyon Delsi Rodriges vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritmoqda.

U iqtisodiy masalalar, energetika, xalqaro hamkorlik va sanksiyalar bo‘yicha muzokaralarda qatnashadi. Shuningdek, AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalar ostida bo‘lib, demokratik jarayonlarni zaiflashtirish va inson huquqlarini buzishda ayblangan.

AQSH avvalroq Nikolas Maduro va uning rafiqasini narkoterrorizm va kokain kontrabandasi bilan bog‘liq ayblovlar bilan tanqid qilgan edi. 3 yanvarga o‘tar kechasi AQSH Karakasdagi harbiy obyektlarga zarbalar bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Donald Tramp bu operatsiya davomida Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olingani hamda mamlakatdan olib chiqilgani haqida ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi esa Maduroning legitimligini tan olmaslik bo‘yicha avvalgi pozitsiyasini tasdiqladi.

Bu voqealar Venesuela siyosatidagi uzoq yillik muammolar va qarama-qarshiliklarning yakuni sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50