ENRU

Delsi Rodriges Venesuela prezidentlik vazifasini vaqtincha bajarmoqda

Dunyo
42
Delsi Rodriges Venesuela prezidentlik vazifasini vaqtincha bajarmoqda
Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajarish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Rodriges mamlakat boshqaruvining uzluksizligini ta’minlash va davlatni har tomonlama himoya qilish maqsadida prezidentlik vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Shu munosabat bilan, Delsi Rodriges Venesuela davlat televideniyesi orqali xalqqa murojaat qilib, Nikolas Maduro mamlakatning qonuniy prezidenti bo‘lib qolishini, lekin u yo‘qligida boshqaruvni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Rodriges AQSHning Venesuelaga nisbatan qaratilgan agressiv siyosatini qoralab, hukumat xalqni himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi. Uning chiqishi Venesuela parlamenti raisi Xorxe Rodriges, ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo hamda mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ular birgalikda hukumatning birlashganligini namoyish etdilar. Biroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela bilan bog‘liq masalalarda o‘z pozitsiyasini bildirar ekan, agar zarur bo‘lsa, Venesuelaga harbiy kuchlar kiritilishi ehtimolini istisno qilmadi.

Bu orada, AQSH davlat kotibi Marko Rubio vitse-prezident Delsi Rodriges bilan muloqot qilgani va Venesuela bo‘yicha turli chora-tadbirlarni muhokama qilgani aytilmoqda. Venesuela va AQSH o‘rtasidagi siyosiy taranglik tobora kuchayib, xalqaro miqyosda yangi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Ushbu vaziyat dunyo siyosatining yangi bosqichga o‘tishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50