ENRU

Nikolas Maduro AQShda qo‘lga olindi

Dunyo
53
Nikolas Maduro AQShda qo‘lga olindi
AQSh ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan foto va videolarda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning Qo‘shma Shtatlarga olib kelingan lahzalari aks etgani ta’kidlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Maduro Karib dengizida joylashgan AQSh aviatashuvchisidan harbiy samolyotda Nyu-Yorkka olib kelingan. Bu haqda "Kursiv.uz" xabar berdi.

Kadrlar tasvirida Maduro Nyu-Yorkdagi harbiy bazada samolyotdan tushirilayotgani ko‘rsatilgan. Unda prezidentning qo‘llarida kishan, oyoqlarida zanjirlar borligi va boshiga kapyushon yopilgani qayd etilgan.

Uni AQSh kuch tuzilmalari xodimlari kuzatib borgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘nishdan so‘ng Maduro va uning rafiqasi vertolyotga o‘tkazilib, Manhettendagi Narkotik moddalarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) binosiga olib borilgan.

Jurnalistlarga qisqa muloqot chog‘ida Maduro “Xayrli tun va Yangi yil bilan” deb aytgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Fox News telekanalida namoyish etilgani aytilayotgan videolar ham tarqaldi.

Ularda Maduroning idoraga olib kirilayotgani ko‘rsatilgan. Avvalroq, u maxsus operatsiya davomida qo‘lga olingani va dastlab Karib dengizidagi “Ivodzima” nomli AQSh aviatashuvchisiga yetkazilgani haqida xabarlar chiqqandi.

OAV xabarlariga ko‘ra, AQSh tomoni Nikolas Madoruni narkotik moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq ayblovlar asosida ta’qib qilmoqda. Sud jarayoni yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Hozircha esa Maduro Bruklindagi federal tergov izolyatorida saqlanishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatidan so'ng vataniga qaytdi
Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatidan so'ng vataniga qaytdi
Britaniyalik 57 yoshli sayyoh Karl Bushbi 28 yil davom etgan mislsiz sayohatidan so‘ng nihoyat o‘z vataniga qaytib keldi. U 1998-yilning noyabr oyida Chili janubidan
DunyoBugun, 14:08
Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi ilmiy-tadqiqot markazi xodimasining o‘limi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z xulosalarini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 13:59
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni keskin qoralab chiqdi.
DunyoBugun, 13:29
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyev viloyatidagi ko‘p qavatli uy hovlisida sodir bo‘lgan portlashda mahalliy fuqaro mo‘jiza tufayli omon qoldi. Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda
DunyoBugun, 12:31
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40