ENRU

Venesuela AQSh bilan muloqotga tayyorligini e’lon qildi

Dunyo
55
Venesuela AQSh bilan muloqotga tayyorligini e’lon qildi
Venesuela hukumati AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges o‘z bayonotida ta’kidladi. Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela va mintaqa xalqlari urush emas, balki tinchlik va muloqotga loyiqdir.

Ushbu pozitsiya prezident Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda butun Venesuela xalqining umumiy chaqirig‘iga aylangan. Rodriges Venesuelaning tinchlik, taraqqiyot va kelajakka bo‘lgan huquqini himoya qilishini ham alohida qayd etdi.

Shuningdek, u AQShni Venesuelaga nisbatan tajovuzkor harakatlarda ayblab, Vashingtonning mamlakat neft resurslarini nishonga olayotganini ta’kidlagan edi. Ma’lum qilinishicha, AQSh harbiylari 3-yanvar kuni Venesuela prezidentini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan.

Ushbu operatsiyada poytaxt Karakasdagi harbiy bazalarga zarbalar berilgan va Delta maxsus bo‘linmasi jangchilari ishtirok etgan. Bunga javoban AQSh hukumati Maduroni mamlakatni “narkokartel”ga aylantirganlikda ayblamoqda.

Vashingtonning fikricha, Maduro va uning yaqinlari davlat tuzilmalari hamda harbiylardan foydalanib, xorijga giyohvand moddalar yetkazib bergan. Venesuela hukumati esa ushbu da’volarni keskin rad etib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50