Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

To‘qayev parlament islohotlari haqida da’volarni rad etdi

Dunyo
22
To‘qayev parlament islohotlari haqida da’volarni rad etdi
Qozog‘istonda parlament islohoti davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shu jarayonda ba’zi ekspertlar tomonidan parlament spikeri vakolatlarini kuchaytirish orqali prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev kelgusida o‘sha lavozimga o‘tishi uchun sharoit yaratilayotgani haqida taxminlar ilgari surildi. Ammo prezident bu kabi da’volarni rad etdi.

“Turkistan” gazetasining 2026 yil 5 yanvar sonida berilgan intervyusida To‘qayev bu fikrlarni asossiz deb atab, bunday taxminlar uning siyosiy tamoyillariga zid ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlat bo‘lib qoladi.

To‘qayevning aytishicha, u prezidentlikka kirishidan oldin ham “Kuchli prezident – nufuzli parlament – hisobdor hukumat” tamoyilini ilgari surgan. Davlat tizimini shaxsiy manfaat yo‘lida o‘zgartirish mas’uliyatsizlik bo‘lishini alohida qayd etgan.

Shuningdek, prezident barcha muhim islohotlar, jumladan, parlamentga oid o‘zgarishlar faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishini ta’kidladi. U parlament islohotlari ortida “yashirin reja” izlashga asos yo‘qligini ham qayd etdi.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, 2026 yil Qozog‘iston uchun yangi modernizatsiya bosqichi bo‘ladi. Bu yil “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yili” deb e’lon qilindi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy islohotlar ham muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29