Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Tailand va Kambodja sulhni amaliyotga tatbiq etmoqda

Dunyo
32
Tailand va Kambodja sulhni amaliyotga tatbiq etmoqda
Tailand va Kambodja o‘rtasida erishilgan sulh kelishuvi bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi axborot berdi. Pekin tomonlar o‘zaro kelishmovchiliklarni keskinlashtirmaslikka va masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilayotganini ta’kidladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tsyanning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat kelishuvning to‘liq va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlashi lozim. Shuningdek, Xitoy mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlash tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Tailand o‘zining 18 nafar harbiy xizmatchisini Kambodjaga qaytargan. Bu qadam tomonlar o‘rtasida ishonchni tiklash va kelishuv shartlariga sodiqlikni namoyish etish sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, Tailand va Kambodja o‘tgan yilning dekabr oyida ikkinchi bor sulh kelishuviga erishgan edi. Ushbu kelishuv bir necha hafta davom etgan chegara to‘qnashuvlariga barham berib, mintaqada vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026