ENRU

Brijit Makron sha’niga zarar yetkazganlar jazolandi

Dunyo
23
Brijit Makron sha’niga zarar yetkazganlar jazolandi
Parij jinoiy sudi Fransiya birinchi xonimi Brijit Makronga qarshi internetda tarqatilgan asossiz ma’lumotlar, haqorat va kamsituvchi fikrlar bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, 10 nafar ayblanuvchi Brijit Makron sha’niga qasddan zarar yetkazgan deb topildi. Ularning aksariyati 4 oydan 8 oygacha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shuningdek, ayblanuvchilardan biri sud majlisiga kelmaganligi sababli 6 oy qamoq jazosi olgan. Hukm qilinganlar orasida reklama agentligi rahbari Orelen Puarson va folbin sifatida tanilgan Amandin Rua ham bor.

Ular Brijit Makronga qarshi dezinformatsiya kampaniyasini tashkil qilganlikda ayblangan. Bundan tashqari, sud ularni internetdagi muloqot madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus kurslarda qatnashishga majbur qilgan.

Ayblanuvchilar tomonidan tarqatilgan mish-mishlarga ko‘ra, Brijit Makron “aslida erkak bo‘lib tug‘ilgan” degan asossiz va haqoratomuz iddaolar ilgari surilgan. Ular, shuningdek, Emmanuel va Brijit Makron o‘rtasidagi yosh farqini omma oldida masxara qilishga urinishgan.

Shuningdek, AQShda o‘ta o‘ng qarashlarga ega faol Kendis Ouens tomonidan Brijit Makron haqida shunga o‘xshash mish-mishlar tarqatilgani ma’lum qilindi. Bu bo‘yicha da’voni Emmanuel Makronning o‘zi qo‘zg‘atgan.

Sud jarayoni davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34