ENRU

Buyuk Britaniya zararli ovqatlar reklamalarini chekladi

Dunyo
37
Buyuk Britaniya zararli ovqatlar reklamalarini chekladi
Buyuk Britaniya sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish borasida muhim qadam tashladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasini cheklovchi qonun kuchga kirdi. Ushbu qaror, asosan, bolalar orasida semizlik muammosiga qarshi kurashish maqsadini ko‘zlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, bunday mahsulotlar televideniyeda soat 21:00 dan oldin reklama qilinmaydi, internet platformalarida esa ularning targ‘iboti mutlaqo taqiqlanadi. Hukumat vakillari bu chora ota-onalarga sog‘lom avlodni tarbiyalashda yordam berishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Cheklovlar 13 toifadagi mahsulotlarga tegishli bo‘lib, ular orasida shakarli ichimliklar, chips, tuzlangan gazaklar, pechene, tayyor nonushtalar, popkorn, shokolad, muzqaymoq, saqich, shakarli pishiriqlar, pitssa va muzlatilgan taomlar bor. Shuningdek, zararli ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga bolalar ko‘radigan vaqtda o‘z brendlarini reklama qilishga ruxsat berilgan, biroq reklamada mahsulotlarning o‘zini ko‘rsatish qat’iyan man etiladi.

Ko‘plab kompaniyalar yangi qoidalarga moslashishni boshlagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada boshlang‘ich maktabga qabul qilinayotgan bolalarning 22 foizdan ortig‘i ortiqcha vaznga ega.

Maktabni tugatish vaqtida esa bu ko‘rsatkich 36 foizga yetadi. Shuningdek, 5–9 yoshli bolalarda shifokorga murojaat qilishning asosiy sabablaridan biri tish kariyesi hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, reklama bolalarning ovqat tanlovi va ovqatlanish odatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Yangi cheklovlar bolalar iste’mol qiladigan kaloriya miqdorini yiliga 7,2 milliardga kamaytirish va semizlikka chalingan bolalar sonini 20 ming nafarga qisqartirishni maqsad qilgan.

Uzoq muddatda bu chora sog‘liqni saqlash xarajatlarini 2 milliard funt sterlingga tejashi kutilmoqda. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, Buyuk Britaniya 2018 yildan boshlab shakar miqdori yuqori bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar uchun qo‘shimcha soliq joriy etgan.

Bu ham aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59