Bugun
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklov yo‘qligi tasdiqlandi

Dunyo
25
Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklov yo‘qligi tasdiqlandi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda o‘zbek tilidan foydalanishga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, bunday cheklovlar mavjud emas va afg‘onistonlik hamkorlar bilan bu masala yuzasidan doimiy muloqot olib borilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi vakili Axror Burhonovning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar jamiyatda xavotir uyg‘otgan.

Ushbu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bilan tezkor muloqot o‘tkazgan. Afg‘oniston tomoni mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va mamlakatda o‘zbek tilidan foydalanishga hech qanday to‘siq yo‘qligini bildirgan.

Shuningdek, afg‘on hukumati va xalqi o‘zbek xalqiga hamda uning tiliga chuqur hurmat bilan qarashlarini alohida ta’kidlagan. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi oliy va umumta’lim muassasalari binolaridagi yozuvlarni yagona standartga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu standart bo‘yicha yozuvlar pushtu, dariy va ingliz tillarida bo‘lishi belgilangan. Biroq shimoliy hududlar, jumladan, Samangan universitetida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, qo‘shnichilik va o‘zaro do‘stlik ramzi sifatida Afg‘oniston hukumati Juzjon davlat universitetida magistratura bosqichida “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetini ochishni rejalashtirmoqda. Bu tarixda birinchi marta amalga oshirilayotgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samangan universitetining asosiy peshtoqidagi o‘zbek tilidagi yozuv mahalliy hokimiyat ko‘rsatmasi bilan olib tashlangan edi. Ushbu holat keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi va natijada yozuv qayta tiklandi.

O‘xshash yangiliklar

Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiyada kutilmagan siyosiy o'zgarish yuz berdi. Mamlakatning prezidenti Aleksandr Vuchich erta kuzatilgan parlament saylovlarida o'z partiyasi "Birlashgan Serbiya"
DunyoBugun, 10:40
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi havo mudofaa tizimlari Yamandagi "Ansor Alloh" harakati uchurgan ballistik raketani Ar-Riyod shahri yaqinida tutib olib, muvaffaqiyatli yo'qotdi.
DunyoBugun, 09:24
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09