Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSH B1/B2 vizasi uchun garov tartibi joriy qilindi

Dunyo
41
AQSH B1/B2 vizasi uchun garov tartibi joriy qilindi
AQSH Davlat departamenti B1/B2 (turistik va ishbilarmonlik) vizalari uchun yangi tartib joriy etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ayrim davlatlar fuqarolari viza olish jarayonida majburiy garov (bond) to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu chora asosan viza muddatini buzish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan qo‘llanadi.

**Qaysi davlatlar ro‘yxatga kiritilgan?** Davlat departamenti garov talab qilinadigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Unda Markaziy Osiyo davlatlari ham kiritilgan: - Qirg‘iziston — 2026 yil 21 yanvardan, - Tojikiston — 2026 yil 21 yanvardan, - Turkmaniston — 2026 yil 1 yanvardan.

Shuningdek, ro‘yxatda Afrika, Osiyo, Karib havzasi va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar ham bor. Ro‘yxat oxirgi marta 2026 yil 6 yanvar holatiga yangilangan.

**Garov miqdori qancha?** Agar ariza beruvchi B1/B2 vizasi uchun ma’qullansa, u 5 mingdan 15 ming dollargacha garov to‘lashi kerak bo‘ladi. To‘lov miqdorini konsul viza suhbatida belgilaydi.

Shuningdek, DHS’ning I-352 shakli ham taqdim etiladi. **To‘lov qanday amalga oshiriladi?** Garov faqat konsul ko‘rsatmasidan keyin to‘lanadi.

Ariza beruvchi rasmiy Pay.gov platformasi orqali to‘lovni amalga oshiradi. Uchinchi tomon saytlaridan foydalanish qat’iyan man etilgan.

Muhim jihat: garov to‘lansa ham bu vizani kafolatlamaydi. Konsul ko‘rsatmasisiz amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmasligi ochiq aytilgan.

**AQSHga kirish va chiqish tartibi** Garov to‘lagan vizasi bor fuqarolar AQSHga faqat quyidagi aeroportlar orqali kirib-chiqishlari shart: - Boston Logan (BOS), - New York JFK (JFK), - Washington Dulles (IAD). Bu qoidalarga amal qilinmasa, kirish rad etilishi yoki chiqish noto‘g‘ri qayd qilinishi mumkin.

**Garov qachon qaytariladi yoki “kuyadi”?** Garov quyidagi holatlarda avtomatik ravishda qaytariladi: - AQSHdan ruxsat etilgan muddat ichida chiqib ketilsa, - viza muddati tugaguniga qadar AQSHga safar qilinmasa, - aeroportda AQSHga kirish rad etilsa. Agar viza shartlari buzilsa, masala USCIS tomonidan ko‘rib chiqiladi va garov qaytarilmaydi.

**Xulosa** B1/B2 vizasi uchun yangi tartib avvalgiga qaraganda ancha qat’iy. Kimgadir 5 ming, kimgadir 15 ming dollarlik garov to‘lovi joriy etilmoqda.

Safar rejalashtirayotganlar uchun rasmiy ro‘yxat va sanalarni diqqat bilan o‘rganish muhim. Ro‘yxat vaqti-vaqti bilan yangilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29