Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Bork Grenlandiyaning Daniyadan mustaqilligini qo‘llab-quvvatladi

Dunyo
18
Bork Grenlandiyaning Daniyadan mustaqilligini qo‘llab-quvvatladi
Islandiyalik mashhur xonanda Bork Grenlandiyaning Daniyadan mustaqil bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida grenlandiyaliklarga mustaqillik yo‘lida omad tilagan holda, Islandiyaning 1944 yilda Daniya boshqaruvidan chiqqanini yaxshi xotiralar bilan eslashini ta’kidladi. Borkning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrda Islandiya o‘z tilini saqlab qolgan, aks holda hozir uning farzandlari daniya tilida gaplashgan bo‘lardi.

Bu haqda turli manbalar, jumladan, kursiv.uz xabar bergan. Xonanda Grenlandiyada mahalliy aholining hanuz kamsitilishiga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, Daniya hukumati bu borada adolatsiz munosabatni davom ettirmoqda. The Guardian nashriga asoslanib, Bork 1960–1970-yillarda grenlandiyalik qizlarga ularning roziligisiz bachadon ichki spiral qo‘yilgani kabi holatlar yuz berganini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, bugungi kunda ham mahalliy aholining bolalari davlat idoralari tomonidan oilalaridan ajratib olinayotgani qayd etilgan. Bork kolonializm mavzusiga to‘xtalib, bu masala unda kuchli qo‘rquv va nafrat uyg‘otishini aytdi.

U grenlandiyaliklarning "bir zolim mustamlakachidan boshqasiga" o‘tib qolish ehtimolining o‘zi dahshatli ekanini ta’kidladi. Ushbu bayonot Grenlandiya kelajagi yuzasidan davom etayotgan bahslar avjiga chiqqan bir vaqtda yangradi.

Xususan, AQShning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan urinishlari bu masalani yanada dolzarb qilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026