ENRU

AQSh Atlantikada Rossiya tankerini hibsga oldi

Dunyo
24
AQSh Atlantikada Rossiya tankerini hibsga oldi
Shimoliy Atlantikada so‘nggi kunlarda e’tiborga molik voqea yuz berdi: AQSh Rossiya bayrog‘i ostida harakatlangan neft tankerini hibsga olgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQShning Yevropa qo‘mondonligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tanker ikki haftadan ortiq vaqt davomida kuzatuv ostida bo‘lgan va sud qaroriga asosan to‘xtatilgan. Qiziq jihati shundaki, tanker ta’qib jarayonida o‘zini yashirishga uringan.

U avval “Bella-1” nomi bilan tanilgan bo‘lsa, keyinroq “Marinera” deb qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Rossiya bayrog‘i ostida harakatlana boshlagan. Hibsga olish operatsiyasi Atlantikada, Islandiya yaqinida amalga oshirilgani aytilmoqda.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, bu harakat Venesuela nefti eksportini to‘xtatishga qaratilgan sanksiyalar doirasida amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Reuters agentligi xabariga ko‘ra, operatsiya vaqtida Rossiya harbiy kuchlari ham yaqin hududda bo‘lgan.

Hatto tanker Rossiyaning suv osti kemasi tomonidan kuzatilgani haqida ma’lumotlar bor. To‘qnashuv haqida rasmiy xabarlar yo‘q, lekin vaziyat jiddiylik kasb etgan.

Rossiya tomonidan ham muhim bayonotlar berildi. Moskva “Marinera” bilan aloqa uzilganini bildirgan va ayrim siyosatchilar bu hodisani “dengizdagi ochiq piratlik” deb baholagan.

Ushbu voqea faqat bir tanker taqdiri bilan cheklanmaydi. Bu hodisa Arktika va Atlantika yo‘nalishidagi siyosiy-iqtisodiy kurashning bir qismi sifatida talqin qilinmoqda.

Endi kema qayerga olib ketilishi, ish qanday rasmiylashtirilishi va Rossiya qanday javob choralarini ko‘rishi — asosiy masalalar bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Strategik jihatdan g‘oyat muhim hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozida navbatdagi jiddiy dengiz hodisasi yuz berdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron harbiy kuchlari Birlashgan
DunyoKecha, 23:44
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoKecha, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoKecha, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoKecha, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoKecha, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoKecha, 02:21