Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Dunyo
22
Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi
Tojikiston hududida qayd etilgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:14 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzilaning epitsentri Toshkentdan 477 km janubi-sharqda, Tog‘li Badaxshon hududida joylashgan. Zilzilaning magnitudasi 5,3 bo‘lib, yer qimirlash chuqurligi 139 kilometrni tashkil etgan.

Epitsentrning geografik koordinatalari 38,39 daraja shimoliy kenglik va 73,37 daraja sharqiy uzunlikda joylashgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan.

Jumladan: - Farg‘ona viloyatida sezilish kuchi 2–3 ballni tashkil etgan (taxminan 260 km masofada); - Andijon viloyatida 2 ball (285 km masofada); - Namangan viloyatida ham 2 ball (325 km masofada) qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida sezilgani haqida xabar berilgan edi.

Mutaxassislar zilzilalarning kuzatuvi davom etayotganini ma’lum qilishgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59