ENRU

Erondagi noroziliklar: 65 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
20
Erondagi noroziliklar: 65 kishi halok bo‘ldi
AQSh senatorlaridan biri Marko Rubio o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Erondagi norozilik namoyishchilarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Qo‘shma Shtatlar Erondagi jasur xalqni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Eronda ommaviy noroziliklar o‘tgan oy Tehrondagi Katta bozorda milliy valyuta – rialning keskin qadrsizlanishi ortidan boshlandi. Keyinchalik iqtisodiy qiyinchiliklar, yuqori inflyatsiya, xalqaro sanksiyalar va erkinliklarning cheklanishi sababli noroziliklar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.

Ushbu namoyishlar so‘nggi uch yillikdagi eng yirik ijtimoiy chiqishlar sifatida qayd etilmoqda. Noroziliklar davom etar ekan, Eron armiyasi davlat mulki va strategik infratuzilmani himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, tartibsizliklarni bostirishda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ham faol ishtirok etmoqda. Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Eron hukumati yuzaga kelgan vaziyatda Isroil va boshqa kuchlarni ayblamoqda.

Eronlik huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, 9-yanvar holatiga ko‘ra, noroziliklar davomida 65 kishi halok bo‘lgan, ulardan 50 nafari namoyishchilar, 15 nafari esa huquq-tartibot organlari xodimlari bo‘lgan. Shuningdek, 2,5 mingga yaqin odam qo‘lga olingani haqida xabar berilgan.

Namoyishchilarning ayrimlari sobiq Pahlaviylar sulolasini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni aytgan bo‘lsa, asosiy talablar ruhoniylar hokimiyatini tugatish, xalqaro sanksiyalar oqibatida zarar ko‘rgan iqtisodiyotni tiklash va aniq choralar ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya janubidagi Karak viloyatida mahalliy cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda qurolli hujum sodir etildi. Noma’lum shaxslar yig‘ilgan olomonni o‘qqa
DunyoKecha, 17:06