ENRU

Isroil va HAMAS o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi mumkin

Dunyo
28
Isroil va HAMAS o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi mumkin
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi ziddiyatlar yana kuchayishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

G‘azo sektorida janglar qayta boshlanishi ehtimoli borligi haqida The Wall Street Journal nashri Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylariga tayanib xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, HAMAS AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasi doirasida imzolangan kelishuvga qaramay, qurolsizlanishdan bosh tortmoqda.

Shu sababli Isroil armiyasi Falastin aholisi yashaydigan qirg‘oq hududida yangi harbiy operatsiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqqan. HAMAS harakati urushda yo‘qotilgan kuchini qayta tiklashga harakat qilmoqda.

Ular vayron bo‘lgan tunnel infratuzilmasini ta’mirlash, o‘z a’zolariga muntazam to‘lovlarni amalga oshirish kabi ishlarni davom ettirmoqda. Shuningdek, yangi rahbar saylanishi bilan HAMASning qurolsizlanish masalasidagi pozitsiyasi o‘zgarishi mumkinligi ham aytilmoqda.

G‘azodagi urush 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning hujumi bilan boshlangan edi. Isroilning javob zarbalari natijasida 71 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi tinch aholi vakillari edi.

2025-yil 10-oktyabrda erishilgan otashkesim G‘azo shahridagi minglab odamlarning xarobalarga qaytishiga imkon berdi. Biroq, sulh shartlariga qaramay, Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalarda yana 400 kishi halok bo‘ldi, Isroil armiyasi esa uch askarini yo‘qotdi.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13