Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSh Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolaridan viza uchun garov talab qiladi

Dunyo
42
AQSh Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolaridan viza uchun garov talab qiladi
AQSh Davlat departamenti yangi tajriba dasturini ishga tushirib, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari uchun viza olishda 15 ming dollargacha garov puli talab qilishi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari ushbu tartibdan istisno qilingan. Bu haqda Kursiv.uz xabar bermoqda.

Mazkur talablar B1/B2 toifasidagi vizalar – xizmat safari va turistik safarlar uchun ariza topshiruvchilarga tegishli. Turkmaniston fuqarolari uchun ushbu tartib 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirgan bo‘lsa, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari uchun 2026-yil 21-yanvardan joriy etilishi belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra, AQSh konsulliklari viza suhbati davomida arizachidan 5 ming, 10 ming yoki 15 ming dollar miqdorida garov puli kiritishni talab qilishi mumkin. Garov summasi har bir ariza uchun alohida belgilanadi va migratsion xavf omillari inobatga olinadi.

Bundan tashqari, moliyaviy garovdan tashqari qo‘shimcha cheklovlar ham mavjud. Bunday viza egalari AQShga faqat uchta xalqaro aeroport orqali kirib-chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

AQSh rasmiylari ushbu choralar vaqtinchalik tajriba sifatida joriy etilganini, uning maqsadi esa moliyaviy kafolatlarning migratsiya nazorati uchun samaradorligini baholash ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29