Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Solovyov: Rossiya postsovet hududida harbiy operatsiyalar o‘tkazishi mumkin

Dunyo
25
Solovyov: Rossiya postsovet hududida harbiy operatsiyalar o‘tkazishi mumkin
Rossiyalik taniqli teleboshlovchi va propagandachi Vladimir Solovyov o‘zining «Solovyov LIVE» dasturida Rossiya Ukrainadan tashqari postsovet hududidagi boshqa davlatlarda ham «maxsus harbiy operatsiyalar» (SVO) o‘tkazishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning bu bayonoti MDH davlatlarida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Dastur davomida Solovyov AQSHning Grenlandiya va Venesueladagi siyosatini misol keltirib, Amerika xalqaro qoidalarni mensimasdan, o‘z manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishini ta’kidladi.

Uning fikricha, AQSH o‘zining «bu meniki» tamoyiliga asoslanib harakat qilmoqda va xalqaro kelishuvlarga e’tibor bermayapti. Solovyov Rossiya siyosatini ham shu nuqtai nazardan o‘rganib, mamlakatning ta’sir doiralarini kengaytirish zarurligini ilgari surdi.

Uning aytishicha, Rossiya uchun Yaqin Sharq yoki Lotin Amerikasidan ko‘ra postsovet mintaqasi, xususan, Markaziy Osiyo va Armaniston muhim ahamiyatga ega. Solovyov Armaniston bilan aloqalarni yo‘qotish Rossiya uchun katta yo‘qotish bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, u Markaziy Osiyodagi vaziyatni alohida tilga olib, bu mintaqa Rossiya milliy xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini aytdi. Solovyovning ta’kidlashicha, Moskva o‘z maqsadlarini aniq belgilab, ta’sir doiralarini himoya qilishga jiddiy e’tibor qaratishi lozim.

U Rossiyaning xalqaro huquq va tartibga nisbatan o‘z pozitsiyasini ochiq-oydin ma’lum qilishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» tajribasidan kelib chiqib, Rossiya boshqa mintaqalarda ham shunday harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Solovyov Rossiya ommaviy axborot vositalarida keskin va agressiv chiqishlari bilan tanilgan. Uning bu galgi bayonotlari ham MDH davlatlari, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonda salbiy munosabat bilan qarshi olindi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026