Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Trampning agressiv siyosati xalqaro xavotir uyg‘otmoqda

Dunyo
18
Trampning agressiv siyosati xalqaro xavotir uyg‘otmoqda
AQSh Prezidenti Donald Tramp so‘nggi paytlarda xalqaro maydonda kuch ishlatishga asoslangan keskin qarorlar qabul qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jumladan, u Venesuela rahbariyatini hokimiyatdan chetlatish va mamlakatning neft zaxiralarini nazorat qilishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, Tramp Grenlandiyani qo‘shib olish va Eronni harbiy tahdidlar bilan siquvga olish haqidagi bayonotlari bilan ham e’tiborni tortmoqda.

Uning bu kabi harakatlari nafaqat raqib, balki do‘st davlatlarda ham xavotir uyg‘otmoqda. Ko‘pchilik Trampning keyingi qadamlarini oldindan bashorat qila olmayapti.

Mutaxassislar esa bu siyosat xalqaro barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi, davlatlar o‘rtasida noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari Trampning bunday siyosatidan xavotir bildirmoqda.

Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreya rasmiylari Venesuelaga aralashuvni kuch ishlatish siyosatining namunasi sifatida baholamoqda. Shu bilan birga, ayrim tahlilchilar Trampning siyosati Xitoy va Rossiyaga o‘z manfaatlarini kengaytirish imkoniyatini taqdim etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Bundan tashqari, Tramp Eron ichki ishlariga aralashish tahdidi bilan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bu esa Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Tahlilchilar AQShning bunday siyosati xalqaro qonun va kelishuvlarga zid bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini qayd etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026