Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

2025-yilda aviayo‘lovchilar oqimi 5,7 foizga oshdi

Dunyo
26
2025-yilda aviayo‘lovchilar oqimi 5,7 foizga oshdi
2025-yil noyabr oyida dunyo bo‘ylab aviayo‘lovchilar oqimi 5,7 foizga oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) ma’lumotlariga tayanib xabar berildi. IATA ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlarning o‘rindiqlar bandligi rekord darajaga – 83,7 foizga yetgan.

Yo‘lovchi oqimidagi o‘sish asosan xalqaro qatnovlar hisobiga amalga oshdi. Xalqaro reyslar hajmi 7,7 foizga kengaygan bo‘lsa, ichki reyslarda bu ko‘rsatkich 2,7 foizni tashkil etdi.

Yo‘lovchi talabining eng yuqori o‘sish sur’ati Afrikada kuzatildi. Ichki bozorlarda Braziliya va Hindiston yetakchilik qildi, mos ravishda 9 foiz va 8 foizlik o‘sish qayd etildi.

AQSh ichki reyslarida esa 1–2 foiz atrofida pasayish kuzatildi. Yuk tashish sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Global yuk tashish talabi 5,5 foizga, xalqaro yuk tashish hajmi esa 6,9 foizga oshdi. Eng yuqori o‘sish Afrika aviakompaniyalari (15,6 foiz) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (10,3 foiz) qayd etildi.

Biroq Shimoliy Amerika (-1,6 foiz) va Lotin Amerikasida (-4,8 foiz) talabning pasayishi kuzatildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026